Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Log inSign up
Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Blog
Job Board
Q3AS

© 2026 Aqora Quantum S.A.S.

TermsPrivacyLegal Notice

MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

TASHKILOT AXBOROT TIZIMLARINI KVANT TAHDIDLARIDAN HIMOYALASHDA POST-KVANT KRIPTOGRAFIK ALGORITMLARNI QO'LLASH

Muxlisa Gʻofurova, Sadoqat Tursunova

Published Mar 1, 2026• 0 citations
Publisher

Abstract

Zamonaviy tashkilotlarning axborot tizimlari kriptografik himoyaning yangi avlodiga – post-kvantkriptografiyaga (Post-Quantum Cryptography, PQC) o‘tishni talab qilmoqda. Ushbu maqolada kvant kompyuterlariningan’anaviy kriptografik algoritmlar – RSA, ECC va Diffie–Hellman tizimlariga bo‘lgan tahdidi IMRAD metodologiyasi asosidatahlil qilingan. Shuningdek, 2024-yilda NIST tomonidan standartlashtirilgan CRYSTALS-Kyber, CRYSTALS-Dilithium,FALCON va SPHINCS+ algoritmlarining nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotnatijalari asosida tashkilotlar uchun post-kvant kriptografiyaga o‘tishning bosqichma-bosqich migratsiya strategiyasiishlab chiqilgan hamda xarajat-foyda (cost-benefit) tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining2024-yildagi PQ-293-son qarorida kriptologiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida milliy axborotxavfsizligi tizimini mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar taqdim etilgan.

DOI
10.5281/zenodo.19199804

Related papers

KVANT HISOBLASH DAVRIGA TAYYORGARLIK: MILLIY AXBOROT TIZIMLARINI POSTKVANT KRIPTOGRAFIYAGA BOSQICHMA BOSQICH O'TKAZISH MODELI

Ramozon Yuldashev

Maqolada kvant kompyuterlarining rivojlanishi natijasida zamonaviy ochiq kalitli kriptografik algoritmlarga yuzaga kelayotgan tahdid tahlil qilingan. 2024-yilda AQSh Standartlar va texnologiyalar milliy instituti (NIST) tomonidan qabul qilingan postkvant kriptografiya standartlari ko‘rib chiqilgan. Elektron hukumat, bank va elektron raqamli imzo tizimlarini postkvant algoritmlarga bosqichma-bosqich o‘tkazish modeli taklif etilgan hamda o‘tish davridagi texnik muammolar yoritilgan.

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин•Sep 24, 2026•0 citations

KVANT KOMPUTERLARNING ZAMONAVIY KRIPTOGRAFIYAGA TAHDIDLARI

Mustafoyev Azamat Botir o'g'li

Ushbu maqolada kvant komputerlarning zamonaviy kriptografik tizimlariga yetkazishi mumkin bo'lgan tahdidlar masalasi o'rganilgan. Tadqiqot davomida kvant hisoblash texnologiyalarining rivojlanish tendensiyalari, ularning klassik shifrlash algoritmlariga ta'siri hamda post-kvant kriptografiya sohasidagi ilmiy izlanishlar tahlil qilingan. Maqolada Shor va Grover algoritmlari asosida RSA, ECC va AES kabi keng tarqalgan kriptografik standartlarning zaifliklari ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, kvant komputerlarning amaliy qo'llanilishi kriptografik infratuzilmani tubdan o'zgartirish zaruratini keltirib chiqaradi va post-kvant kriptografiya algoritmlariga o'tish strategiyasini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

•Jul 6, 2026•0 citations

POST KVANT KRIPTOGRAFIYASIGA ASOSLANGAN KALITNI TAQSIMLASH VA SHIFRLASH ALGORITMLARINING TAHLILI, CRYSTALS-KYBER

Zebo Mahmanazarova, Aziza G'oyibnazarova, Mexribonu Bobonazarova +1 more

Ushbu maqolada post-kvant kriptografiyasiga asoslangan kalitni taqsimlash va shifrlash algoritmlarining tahlili CRYSTALS-Kyber misolida ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy kriptografik tizimlarda umumiy maxfiy kalitni xavfsiz hosil qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayonda kalitni inkapsulyatsiya qilish mexanizmi (KEM) samarali yondashuv sifatida qo‘llaniladi. Maqolada KEM mexanizmining ishlash prinsipi, ya’ni kalit yaratish, inkapsulyatsiya va dekapsulyatsiya bosqichlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, Kyber algoritmining matematik asosi bo‘lgan Module Learning With Errors (MLWE ) muammosi va uning xavfsizlikka ta’siri yoritiladi

New Uzbekistan Journal of Academic Research•Apr 14, 2026•0 citations

POSTKVANT KRIPTOGRAFIYASI CRYSTALS KYBER VA CLASSIC MCELIECE ALGORITMLARINING TAHLILI

Umarov Shuxratjon Azizjonovich

Ushbu maqolada postkvant kriptografiya sohasi, kvant hisoblash texnologiyalari tomonidan an'anaviy kriptografik tizimlarga bo'ladigan tahdidlar va postkvant kriptografiyasining ilk ko'rinishlarining tahlil qilingan. Ishda Crystals Kyber va Classic McEliece algoritmlari misolida postkvant shifrlashning matematik asoslari, ularning amalda qo'llanilishi, farqlari hamda imkoniyatlari ko'rsatib berilgan. Shu bilan birga, postkvant kriptografiyani amaliyotga joriy etishdagi muammo va kelgusidagi yechimlar bayon qilingan.

•Dec 5, 2025•0 citations

KVANT KOMPYUTERLARI VA ULARNING IMKONIYATLARI

Zebo Mahmanazarova, Aziza G'oyibnazarova, Mexribonu Bobonazarova +1 more

Ushbu tezisda kvant kompyuterlarining ishlash prinsiplari, ularning nazariy asoslari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridagi imkoniyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Kvant hisoblash modeli klassik hisoblash tizimlaridan tubdan farq qilib, kvant mexanikasining fundamental qonunlariga asoslanadi. Xususan, Superposition va Quantum Entanglement kabi hodisalar yordamida kvant tizimlari bir vaqtning o‘zida bir nechta holatlarni ifodalash imkoniga ega bo‘ladi.Tadqiqotda kvant kompyuterlarning amaliy qo‘llanilish sohalari, jumladan kriptografiya, sun’iy intellekt, optimallashtirish masalalari, dori vositalarini yaratish hamda iqlim modellashtirish kabi yo‘nalishlardagi imkoniyatlari yoritilgan. Ayniqsa, kvant algoritmlar, xususan Shor's Algorithm va Grover's Algorithm algoritmlarining klassik kriptografik tizimlarga ta’siri tahlil qilinadi.

•Apr 14, 2026•0 citations

TARMOQ XAVFSIZLIGIDA KVANT KOMPYUTERLARI VA ULAR TA’SIRI

Ismoiljonova Maftuna Ibrohimjon qizi

Zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan tarmoq xavfsizligi hamda ma’lumotlarni himoyalash masalalari jadal sur’atlarda dolzarb bo‘lib bormoqda. Kvant kompyuterlarining paydo bo‘lishi esa bu sohani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Kvant kompyuterlari, klassik shifrlash algoritmlarini buzish qobiliyatiga ega bo‘lib, ularning kelajakdagi ta’siri tarmoq xavfsizligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada kvant kompyuterlarining tarmoq xavfsizligiga ta’siri chuqurroq ko‘rib chiqilgan bo‘lib, mavjud kriptografik algoritmlarning zaif tomonlari tahlil qilingan va post-kvant kriptografiya protokollari kabi yechimlar taklif etilgan. Maqolada Shor va Grover kabi kvant algoritmlarining klassik shifrlash tizimlariga ta’siri, ularni buzish imkoniyatlari hamda post-kvant kriptografiya orqali xavfsizlikni mustahkamlash usullari baholangan. Natijada, kvant kompyuterlarining potentsial hujumlari oldini olish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, kvant kompyuterlarining tarmoq xavfsizligiga musbat ta’sir o‘stirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola, kvant kompyuterlarining kelajakdagi rivojlanishi va kiberxavfsizlik sohasida ularga qarshi qo‘llaniladigan zamonaviy yechimlarni tushunishga yordam beradi.

Журнал научных исследований и их решений•Apr 16, 2025•0 citations